Future City Challenge: Mahalla master-rejasi doirasida "qizil" toifadagi hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha innovatsion shaharsozlik yechimlarini ishlab chiqing.
Mahalla master-rejasi bo‘yicha amaliy shaharsozlik tanlovi
Urban Challenge tanlovi mahalliy hududlarni zamonaviy shaharsozlik yondashuvlari asosida qayta rejalashtirishga qaratilgan amaliy platformadir.
Ishtirokchi jamoalar hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati, infratuzilma imkoniyatlari va ekologik omillarni hisobga olgan holda kompleks rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqadi.
"Qizil" toifadagi mahallalarning joriy holati va rivojlanish salohiyatini chuqur tahlil qilish
Kompleks shaharsozlik yechimi sifatida master-reja loyihasini ishlab chiqish
2-3 nafar talabadan iborat jamoada hamkorlikda innovatsion loyiha yaratish
Yashil infratuzilma va ekologik barqaror shaharsozlik yechimlarini qo'llash
Har bir jamoa 6 ta asosiy vazifani bajarishi shart
Hududning mavjud holatini demografik, ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilish
Hududning rivojlanish imkoniyatlarini aniqlash va kuchli hamda zaif tomonlarini strategik baholash
Qisqa, o‘rta va uzoq muddatli maqsadlar asosida hududni rivojlantirish strategiyasini shakllantirish
Investitsiya va infratuzilma loyihalarini iqtisodiy samaradorlik hamda moliyaviy asoslar bilan ishlab chiqish
A1 formatida asosiy chizma va shaharsozlik yechimlari bilan kompleks master-reja tayyorlash
Har bir uchastka uchun 3 ta lot pasportini batafsil texnik hujjatlar ko‘rinishida tayyorlash
Jamoalarga beriladigan ma'lumotlar va talab qilinadigan hujjatlar
Tanlov ikki bosqichda o'tkaziladi
Jamoalar belgilangan vaqt davomida hudud bo‘yicha master-reja, tushuntirish xati va tegishli grafik materiallarni tayyorlaydi.
Jamoalar hakamlar hay'ati oldida loyihalarini taqdim etadi hamda savollarga javob beradi.
100 ballik tizim bo'yicha 5 ta mezon asosida baholanadi
Kompleks shaharsozlik yechimlari, hududiy rejalashtirish va arxitektura sifati
Yo'l, suv, elektr va boshqa muhandislik tarmoqlarining loyihalash sifati
Aholi so'rovlari natijalari va demografik tahlilning loyihaga integratsiyasi
Yashil infratuzilma, ekologik standartlar va ShNQ talablariga muvofiqlik
Loyihani taqdim etish mahorati, vizual materiallar sifati va savollarga javoblar
G'oliblar uchun naqd pul mukofotlari va kuboklar
Barcha ishtirokchilar festival sertifikati bilan taqdirlanadi
Urban Challenge tanlovida ishtirok eting, jamoangiz bilan innovatsion master-reja ishlab chiqing va "KELAJAK MUHANDISLARI" festivalida o'z yechimingizni taqdim eting.