Bitta trigger orqali ishga tushadigan ketma-ket mexanik bosqichlardan iborat tizimni yarating va muhandislik mahoratingizni namoyish eting!
Muhandislik, mexanika va fizika qonunlariga asoslangan ketma-ket mexanizmlar tizimini loyihalash va namoyish etish tanlovi
"Mexanizmlar estafetasi" musobaqasi muhandislik va fizika qonunlariga asoslangan ketma-ket mexanizmlar zanjirini yaratishga qaratilgan texnik-ijodiy tanlovdir. Musobaqa ishtirokchilarning mexanik tafakkuri, tizimli fikrlash qobiliyati, muhandislik yechimlari va nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llash ko'nikmalarini baholash maqsadida o'tkaziladi.
Ishtirokchilar tomonidan bitta boshlang'ich trigger orqali ishga tushadigan, ketma-ket mexanik bosqichlardan iborat bo'lgan va yakunda aniq natijaga olib keluvchi mexanizmlar tizimini yaratish orqali muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirish maqsad qilinadi.
Fizika qonunlarini amaliyotda qo'llash va energiya uzatish tizimlarini yaratish
Prototiplash ko'nikmalari va barqaror texnik tizimlar yaratish
Mexanik mantiqni tushunish va ketma-ket bosqichlarni rejalashtirish
Xavfsiz, barqaror va estetik jihatdan jozibador texnik tizimlar yaratish
Bitta boshlang'ich harakatdan boshlanadigan ketma-ket zanjir reaksiyasi tizimi
Har bir bosqich keyingisini bevosita fizik ta'sir orqali ishga tushiradi
G'oliblar uchun qimmatbaho sovg'alar
Tizim quyidagi minimal texnik talablarga javob berishi shart
1 ta
Tugma, ip, shar yoki sensor signali orqali
8–12 ta
Ketma-ket fizik ta'sir orqali ishga tushuvchi, kamida 4 ta turli fizik prinsip (urish, aylantirish, tortishish, sirpanish, og'irlik va b.)
2 × 2 m
Balandligi 1.5–1.8 metr
60–120 s
Trigger boshlangandan yakuniy natijaga qadar
Tanlovda foydalanishga ruxsat etilgan va taqiqlangan elementlar
Richag, tishli g'ildirak, kasnak, sharnir, prujina, og'irlik, rampa/ramka, arqon, magnit, g'ildirak, domkrat, valf/klapan va boshqa metall buyumlar
5–12V past kuchlanishli tizimlar, Arduino/ESP, rele, limit switch, IR sensor
Asosiy mexanik qismlar metall buyumlardan yasalgan bo'lishi shart. 3D printerdan foydalanishga ruxsat. Tayyor konstruktorlar (LEGO va sh.k.) qat'iyan taqiqlanadi
Ochiq olov, portlovchi moddalar, piroteknika, 220V kuchlanish, inson salomatligiga zarar yetkazuvchi mexanizmlar, kimyoviy agressiv moddalar, yonuvchi suyuqliklar, tayyor konstruktorlar (LEGO va sh.k.)
Tizim yakunida quyidagi natijalardan biri bo'lishi shart
Tanlov quyidagi bosqichlarda o'tkaziladi
Ishtirokchilar ro'yxatdan o'tadi va 1 sahifali konsept loyihani topshiradi. Konseptda tizimning ishlash prinsipi va bosqichlari qisqacha tavsiflanadi.
Jamoalar prototipni tayyorlaydi va mahalliy sinov o'tkazadi. Tizimning barcha bosqichlari tekshiriladi va sozlanadi. 30-60 soniyalik demo video tayyorlanadi.
Jamoalar qurilmani joyida yig'adi (5–10 daqiqa), mexanizmlar tizimini ishga tushiradi va 3–5 daqiqa davomida loyiha himoyasini (pitch) amalga oshiradi. Hakamlar trigger shartini tekshiradi, tizim faqat 1 ta ishtirokchi orqali ishga tushiriladi.
100 ball tizimida baholanadi
Tizimning barqaror va to'g'ri ishlashi
Tizimning texnik darajasi va murakkablik derajasi
Fizika qonunlarining to'g'ri qo'llanilishi
Noodatiy yechimlar va ijodiy yondashish
LED, buzzer, bayroq yoki tugma ishlashi
Poster, texnik pasport va demo video
Xavfsiz yig'ilish va tashqi ko'rinish
Final bosqichida quyidagi hujjatlar talab qilinadi
Tizim blok-sxemasi: trigger, bosqichlar ketma-ketligi va yakuniy natija
Trigger tavsifi, bosqichlar ro'yxati, yakuniy natija, materiallar va xavfsizlik chorasi
Tizimning ishlash jarayonini ko'rsatuvchi qisqa video rolik
Final bosqichida hakamlar oldida tizimni taqdimot qilish va savollarga javob berish
G'oliblar hakamlar hay'ati tomonidan to'plangan ballar asosida aniqlanadi
3D Printer
Sertifikat va statuetka
Noutbuk
Sertifikat va statuetka
Planshet
Sertifikat va esdalik sovg'alari
"Eng kreativ mexanizm" va "Eng yaxshi kinematik yechim" yo'nalishi g'oliblari planshet bilan taqdirlanadi
Muhandislik mahoratingizni namoyish eting va ketma-ket mexanizmlar tizimini yarating! Ro'yxatdan o'ting va "KELAJAK MUHANDISLARI" festivalida eng yaxshi mexanizm egasini aniqlang!