Digital, Analog, Mixed-Signal, FPGA va SoC/IP Core yo'nalishlarida innovatsion chip dizaynlarini yarating va hakamlar hay'ati oldida himoya qiling!
Mahalliy muhandislar va yosh chip dizaynerlarini qo'llab-quvvatlash, innovatsion chip dizaynlarini yaratishga rag'batlantirish
Raqamli (digital), analog va aralash (mixed-signal), FPGA hamda SoC/IP Core yo'nalishlarida innovatsion chip dizaynlarini yaratishga rag'batlantirish. Musobaqa ikki bosqichda o'tkaziladi: onlayn saralash va final taqdimot.
Ishtirokchilar talaba, yosh mutaxassis yoki mustaqil muhandis bo'lishi mumkin. Har bir jamoaga 1 nafar mentor biriktiriladi. Hakamlar hay'ati FOTON, ARTEL va boshqa yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillaridan iborat.
Raqamli mantiqiy sxemalar, protsessor arxitekturasi va ASIC dizayn
Analog signallarni qayta ishlash, ADC/DAC va aralash sxemalar
FPGA platformalarida qayta dasturlanadigan mantiqiy tizimlar
System-on-Chip arxitekturasi va qayta foydalaniladigan IP bloklar
Musobaqa ikki asosiy bosqichdan iborat
Onlayn platforma orqali arizalar va materiallar yuboriladi. Hakamlar hay'ati barcha loyihalarni ko'rib chiqadi va baholash mezonlari asosida TOP 10 ta loyiha tanlab olinadi.
OnlaynYuqori ball to'plagan TOP 10 ta jamoa final bosqichiga taklif etiladi. Jamolarga tayyorgarlik ko'rish uchun vaqt beriladi.
Saralash natijasiJamoalar o'z loyihalarini taqdimot (pitch) orqali hakamlar hay'ati oldida himoya qiladi. Savol-javob o'tkaziladi va yakuniy baholar berish orqali g'oliblar aniqlanadi.
Yuzma-yuz100 ballik tizimda professional hakamlar tomonidan baholanadi
Asosiy o'rinlar: 1-o'rin, 2-o'rin, 3-o'rin. Hakamlar qarori yakuniy hisoblanadi. Baholash shaffof va mezonlar asosida amalga oshiriladi.
FOTON, ARTEL va boshqa yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari
VLSI, ASIC va raqamli dizayn sohasidagi tajribali muhandislar
FPGA platformalari va embedded tizimlar bo'yicha ekspertlar
FOTON, ARTEL va boshqa ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari
Musobaqada ishtirok etish uchun muhim qoidalar
Plagiat qat'iyan taqiqlanadi. Barcha loyihalar original va mustaqil ishlab chiqilgan bo'lishi shart.
Oldin tayyor bo'lgan ochiq IP'lar ishlatilsa, bu aniq ko'rsatilishi shart.
Tashkilotchilar nizomga kichik o'zgartirishlar kiritish huquqiga ega. O'zgarishlar kamida 30 kun oldin ma'lum qilinadi.
Chip Dizayn musobaqasida ishtirok eting, FOTON va ARTEL mutaxassislari oldida loyihangizni himoya qiling va g'olib bo'ling!