Qishloq xo'jaligida raqamli monitoring, aniq purkash va avtonom boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish hamda sinovdan o'tkazishga qaratilgan amaliy muhandislik musobaqasi.
Agrotexnik jarayonlar uchun aqlli qurilmalar va samarali yechimlar ishlab chiqish bo'yicha amaliy platforma
Mazkur yo'nalishda ishtirokchilar qishloq xo'jaligi amaliyotida uchraydigan dolzarb vazifalarni hal etishga mo'ljallangan prototip qurilmalarni ishlab chiqadi. Asosiy e'tibor aniqlik, xavfsizlik, energiya samaradorligi va resurslardan oqilona foydalanishga qaratiladi.
Jamoalar texnik yechimni konsepsiyadan sinov bosqichigacha olib chiqadi: konstruksiyani ishlab chiqish, boshqaruv algoritmlarini sozlash, dala sharoitida testdan o'tkazish va natijani hakamlar oldida asoslab taqdim etish talab etiladi.
Belgilangan zonalarda ish jarayonini minimal xatolik bilan bajarish
Operator aralashuvini kamaytirgan holda barqaror boshqaruvni ta'minlash
Qishloq xo'jaligi sharoitida qo'llashga yaroqli, iqtisodiy jihatdan maqbul yechim taklif qilish
Maqsadli hududda me’yoriy purkash va yo‘qotishlarni kamaytirish
Dala holatini kuzatish uchun sensor ma’lumotlarini integratsiya qilish
Operator va atrof-muhit xavfsizligini ta’minlaydigan boshqaruv modeli
Texnik yangilik, ijodkorlik va amaliy qiymatning uyg‘unligi
Tanlovda qo'llanishi mumkin bo'lgan asosiy agrotexnik platformalar
Qatorlar bo'ylab monitoring va aniqlik bilan purkash amallarini bajaruvchi uchuvchi platforma
Dala ichida avtonom harakatlanib, vazifalarni punktma-punkt bajaruvchi mobil kompleks
Namlik, harorat va boshqa agro-parametrlarni yig'uvchi va uzatuvchi o'lchov tizimi
Qurilma holatini kuzatish, marshrutni sozlash va hisobotlarni shakllantirish interfeysi
Musobaqa ishtirokchilari rioya qilishi shart bo‘lgan asosiy reglament bandlari
Elektr xavfsizligi me’yorlariga mos, ishonchli va barqaror quvvat tizimi talab etiladi.
Qurilma korpusi mustahkam, servisga qulay va dala sharoitida ishlashga mos bo‘lishi zarur.
Masofadan yoki yarim avtonom boshqaruv rejimi aniq reglament asosida ta’minlanadi.
Ish jarayoni o‘simlikka zarar yetkazmasligi va agrotexnik talablarga mos bo‘lishi kerak.
Purkash, harakatlanish va to‘xtash amallari favqulodda holatlarda xavfsiz rejimga o‘tishi shart.
Bajarilgan vazifalar bo‘yicha o‘lchovli natijalar va texnik izoh taqdim etilishi kerak.
Topshiriqlar belgilangan geometrik zonalar bo'yicha bajariladi
Robot yoki dron start hududidan reglament bo‘yicha harakatni boshlaydi.
Asosiy vazifalar ekin qatorlari joylashgan markaziy sektorda bajariladi.
Hakamlar harakat trayektoriyasi, aniqlik va xavfsizlik mezonlarini kuzatadi.
Natijalar 100 ballik tizim asosida mezonlar bo'yicha jamlanadi
Jamoangiz bilan ro'yxatdan o'ting, texnik yechimingizni sinovdan o'tkazing va professional hakamlar oldida himoya qiling.