FPV RACING
Tiny Whoop Racing yuklanmoqda...
Aviatsiya Muhandisligi Vazir kubogi Inklyuziv

TINY WHOOP RACING

FPV mikro dron reysing - to'siqlar orqali tezkor parvoz musobaqasi. Ko'zoynak orqali boshqaring, to'siqlardan o'ting va birinchi bo'lib marraga yeting!

10-16 Yosh
Yakka 1 nafar
FPV Ko'zoynak
100 Ball
Tiny Whoop Racing
Pastga suring

Tiny Whoop Racing haqida

FPV ko'zoynak orqali boshqariladigan mikro dron reysing musobaqasi

Tiny Whoop Racing Musobaqasi

Musobaqa belgilangan maydondan marshrut bo'ylab harakatlanish, marshrut davomida to'siqlardan o'tish va marraga yetib borishga qaratilgan. Dronlar videokamera va videouzatgich qurilmasi bilan jihozlangan bo'lishi va ishtirokchi dronni FPV video ko'zoynagi orqali boshqarishi kerak.

Amaliy musobaqada barcha qiziquvchan yoshlar qatnashishi mumkin. Agarda ishtirokchining o'zining droni bilan ishtirok etish imkoni bo'lmasa, tashkilotchi tomonidan dronlar taqdim etilishi mumkin.

Asosiy ma'lumotlar

  • Yosh chegarasi 10-16 yosh
  • Ishtirok turi Yakka (1 nafar)
  • Boshqaruv FPV ko'zoynak
  • Bosqichlar 3 bosqich
  • Parvozlar 3 marta (har bosqich)
  • Jami ball 100 ball

Maqsadlari

  • Dron operatorlari ko'nikmalarini oshirish
  • UUA texnologiyalarini o'rganish
  • Yangi ixtirolar va innovatsiyalar
  • "Eng ilg'or dron operatori"ni aniqlash

Tezlik

Eng kam vaqt ichida to'siqlardan o'tib marraga yetib borish

Aniqlik

To'siqlarga tegmasdan, belgilangan tartibda parvoz qilish

Mukofotlar

1, 2, 3-o'rin egalari faxriy yorliq va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi

Dronga qo'yiladigan talablar

Tiny Whoop dronlari quyidagi texnik talablarga javob berishi shart

REC CAMERA

Videokamera

FPV Camera

Real-time video yozish va uzatish

VTX TRANSMIT

Videouzatgich

Video TX

Ko'zoynakka real-time signal uzatish

GOGGLES

FPV Ko'zoynak

Video RX

Dronni birinchi shaxs ko'rinishida boshqarish

WHOOP

Tiny Whoop Dron

Micro FPV

Prop himoyali mikro reysing droni

Parvoz marshruti

8 ta to'siqdan iborat marshrut - jami 100 ball

START 10 ball ILON 15 ball ARKA 10 ball TUNEL 10 ball AYLANA 15 ball ILON 15 ball AYLANA 15 ball FINISH 10 ball #1 #2 #3 #4 #5 #6 #7 #8 PARVOZ MARSHRUTI — 8 TO'SIQ — 100 BALL To'rtburchak gate Aylana / Arka / Bayroq Parvoz yo'li
1

Start gate

To'rtburchak ichidan o'tish — 10 ball

2

Ilon bayroqlar

Ilonsimon shaklda kesib o'tish — 15 ball

3

Arka

Arkasimon shakl ichidan o'tish — 10 ball

4

Tunel

To'g'ri to'rtburchak tunel ichidan o'tish — 10 ball

5

Qo'sh aylana

Qo'sh aylana ichidan o'tish — 15 ball

6

Ilon bayroqlar

Ilonsimon shaklda kesib o'tish — 15 ball

7

Qo'sh aylana

Qo'sh aylana ichidan o'tish — 15 ball

8

Finish gate

To'rtburchak ichidan o'tish — 10 ball

Qoida buzilishi va jarimalar

Yo'nalishdan chiqish

Dron belgilangan yo'nalishdan chiqib ketsa

-5 ball

To'siqdan to'liq o'tmaslik

To'siqdan belgilangan shart bo'yicha to'liq o'tmasa

-5 ball

To'siqqa tegish

Dron to'siqqa tegib o'tsa

-3 ball

Dron halokati

Dron halokatga uchrasa — parvoz to'xtatiladi

-5 ball + STOP

Musobaqa bosqichlari

1
Tayyorgarlik

Mashq parvolzlari

Har bir qatnashuvchi yo'nalish bo'yicha mashq parvozlarini amalga oshiradi.

  • Vaqtni inobatga olmagan holda parvozlar
  • Dronning texnik imkoniyatlari tekshiriladi
  • Uchish barqarorligi aniqlanadi
  • To'siqlar bilan tanishish
2
Tanlov bosqichi

3 parvoz — Top 5

Har bir qatnashuvchi 3 marta parvozni amalga oshiradi. Eng yuqori natija hisobga olinadi.

  • 3 marta parvoz imkoniyati
  • Eng yaxshi natija hisobga olinadi
  • Qoidalarni buzmasdan qisqa vaqtda parvoz
  • Dronlarga shikast yetkazmasdan o'tish
Eng yuqori natijali 5 ishtirokchi yakuniy bosqichga o'tadi!
3
Yakuniy bosqich

Final — Top 3 g'olib

Yakuniy bosqichda har bir qatnashuvchi yana 3 marta parvoz amalga oshiradi.

  • 5 finalist — 3 parvoz
  • Eng yaxshi natija hisobga olinadi
  • 1, 2, 3-o'rinlar aniqlanadi
G'oliblar faxriy yorliq va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi!

Parvozga tayyor bo'ling!

FPV ko'zoynagingizni taqing, Tiny Whoop droningizni yoqing va to'siqlar orqali tezkor parvoz qiling! Ro'yxatdan o'ting va "KELAJAK MUHANDISLARI" festivalida eng ilg'or dron operatori unvoni uchun bellashing!

Vazir kubogi Inklyuziv