SUMO
Robo Sumo yuklanmoqda...
Robotlar Musobaqasi Xalqaro MDH ShHT

ROBO SUMO

Avtonom robotlar kurashi - ringda eng kuchli, eng tezkor va eng aqlli robotni aniqlash uchun mo'ljallangan strategik musobaqa. Raqibni ringdan chiqaring!

12-16 Yosh
60 s Raund
1000 mm Ring
1 kg Maks vazn
Robo Sumo
Pastga suring

Robo Sumo haqida

Avtonom robotlar ringda bir-birini surib chiqarish uchun bellashadi

Robo Sumo Musobaqasi

"Robo Sumo" musobaqasi ikkita avtonom robot o'rtasida bo'lib o'tadi. Maqsad – raqib robotini dumaloq ringdan chiqarish yoki harakatsiz holga keltirish. Ring oq rangdagi dumaloq platformadan iborat bo'lib, uning perimetri bo'ylab qora chegara chizig'i joylashgan.

Duel uch raunddan iborat bo'lib, ikkita g'alabaga erishgan robot jamoasi umumiy g'olib hisoblanadi. Robotlar to'liq avtonom ishlaydi – jang davomida tashqi boshqarish qat'iyan taqiqlanadi.

Asosiy ma'lumotlar

  • Yosh chegarasi 12-16 yosh
  • Qurilma Ixtiyoriy
  • Ishtirok Yakka (1 ishtirokchi)
  • Raund soni 3 raund (2 g'alaba)
  • Raund vaqti 60 soniya
  • Ring 1000 mm diametr

Ishtirokchilar

  • 12 yoshdan 16 yoshgacha
  • Yakka ishtirok (1 kishi)
  • Har bir ishtirokchi 1 ta robot
  • To'liq avtonom robot talab etiladi

Avtonom ishlash

Robotlar to'liq avtonom - hech qanday tashqi boshqaruvsiz o'zlari harakat qiladi

Strategiya va taktika

Raqibni ringdan chiqarish uchun aqlli sensor va harakatlantirish tizimlari kerak

Mukofotlar

I, II, III o'rin egalari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi

Texnik xususiyatlar

Sumo robotlari quyidagi texnik talablarga to'liq javob berishi shart

20cm 20cm 20cm

O'lchamlari

20 x 20 x 20 sm

Maksimal uzunlik, kenglik va balandlik

1 KG

Og'irligi

1 kg

Maksimal vazn chegarasi

AI

Boshqarish

Avtonom

Tashqi boshqaruv qat'iyan taqiq. Faqat start tugmasi

5s

Kutish vaqti

5 soniya

Ishga tushgandan keyin harakatsiz kutish

Sumo Ringi (Dohyo)

1000 mm diametrli dumaloq ring - robotlar kurashi maydoni

A B DIAMETR: 1000 MM QORA CHEGARA: 50 MM START A START B
1

1000 mm diametr

Dumaloq ring platformasi

2

50 mm qora chiziq

Perimetr bo'ylab chegara chizig'i

3

Markaziy chiziqlar

2 parallel chiziq, orasida 300 mm

4

Oq rang sirt

Ring yuzi oq, sensor aniqlash uchun

Robot qoidalari

Robotlarga qo'yiladigan asosiy talab va cheklovlar

01

To'liq avtonom

Robot to'liq avtonom bo'lishi kerak. Har qanday tashqi boshqaruv moslamalari qat'iyan taqiqlanadi. Faqat ishga tushirish tugmasi orqali yoqiladi va 5 soniya davomida harakatsiz turishi shart.

02

O'tkir jismlar taqiq

Robot maydonni qiruvchi va qo'lni kesuvchi o'tkir tig'li jismlar bilan jihozlanmagan bo'lishi kerak. Xavfsizlik birinchi o'rinda turadi.

03

Yopishqoq materiallar taqiq

Robot balon va korpus qismiga yopishqoq buyumlar ishlatish mumkin emas. Maydonga yopishib olishni ta'minlaydigan har qanday material taqiqlanadi.

04

Datchik chalg'itish taqiq

Raqib datchiklarini chalg'ituvchi elementlar bo'lmasligi kerak: yon tomonga ochiladigan qanotlar, datchik signallarini sindiruvchi metal uskunalar va metal qorishmalari taqiqlanadi.

Duel qoidalari va joylashuv

1
1-Raund

Qarama-qarshi joylashuv

Birinchi raundda robotlar bir-biriga qarama-qarshi joylashtiriladi.

  • Robotlar start zonalariga joylashtiriladi
  • Hakam signal bergach ishtirokchilar robotlarni yoqadi
  • 5 soniyalik kutishdan so'ng harakat boshlanadi
  • Raund 60 soniya davom etadi
2
2-Raund

Yonma-yon joylashuv

Ikkinchi raundda robotlar yonma-yon joylashtiriladi.

  • Robot raqibini ringdan chiqarsa - raund g'olibi
  • Raqib harakatsiz qolsa - g'alaba e'lon qilinadi
  • 2 ta g'alaba qozongan - duel g'olibi
Ikkinchi raundda robotlarning burchagi o'zgaradi!
3
3-Raund (kerak bo'lsa)

Teskari joylashuv

Uchinchi raund faqat natija teng bo'lganda o'tkaziladi. Robotlar teskari joylashtiriladi.

  • 3 raund natijasiz tugasa - hakamlar qaror qiladi
  • Robotlarning faolligi va taktikasi baholanadi
  • Durang bo'lsa - qo'shimcha raund tayinlanadi
  • Hakam qarori yakuniy hisoblanadi
I, II, III o'rin egalari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi!

G'alaba shartlari

Raund va duelda g'olib qanday aniqlanadi

Ringdan chiqarish

Robot butunlay oq halqadan chiqib ketgan bo'lsa, yutqizgan hisoblanadi. Bu eng aniq g'alaba usuli.

Raqib harakatsiz

Agar raqib robot harakatsiz qolsa yoki ishlamay qolsa, g'alaba e'lon qilinadi.

Hakam qarori

Agar 3 raund natijasiz tugasa, hakamlar robotlarning faoliyati va jang taktikasiga qarab g'olibni aniqlaydi.

Taqiqlangan harakatlar

Yonuvchi / Portlovchi materiallar

Har qanday yonuvchi, portlovchi yoki zarar yetkazuvchi materiallar qat'iyan taqiq

Diskvalifikatsiya

Tashqi boshqarish

Jang davomida robotni tashqi kuch ta'sirida boshqarish yoki sozlash

Diskvalifikatsiya

O'z Wi-Fi tarmog'i yaratish

Ruxsatsiz Wi-Fi tarmoq yaratish yoki ruxsatsiz uskunalar kiritish

Diskvalifikatsiya

Ringni tark etish

Jamoa duel yakunlanishidan oldin ringni tark etsa yutqizgan hisoblanadi

Avtomatik mag'lubiyat

Ringga chiqing!

Avtonom robotingizni tayyorlang va sumo ringida raqiblarni mag'lub eting! Ro'yxatdan o'ting va "KELAJAK MUHANDISLARI" festivalida eng kuchli sumo robotini yarating!

Xalqaro MDH ShHT Inklyuziv